Eronda saylovoldi jarayoni qayta boshlandi
Olam
−
01 iyul 2024 5660 1 daqiqa
Eronda 14-prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichidagi nomzodlarning saylovoldi jarayoni qayta boshlandi. Bu haqda Eron davlat televideniyesi xabar berdi.
5 iyulga belgilangan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida qatnashadigan islohotchi nomzod Mas’ud Pezeshkiyon va konservativ nomzod Said Jaliliyning saylovoldi kampaniyasi 3 iyul kuni yakunlanadi.
Pezeshkiyon va Jaliliy o‘rtasida bugun, 1 iyul kuni davlat televideniyesida teledebat bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Eronda 28 iyun kuni o‘tkazilgan 14-prezidentlik saylovlarida hech bir nomzod 50 foiz ovoz ololmadi. Birinchi turda dastlabki 2 o‘rinni egallagan islohotchi nomzod Mas’ud Pezeshkiyon va konservativ nomzod Said Jaliliy ikkinchi turga chiqdi.
Butun mamlakat bo‘ylab saylovchilarning 40 foizi ishtirok etgan saylovda Pezeshkiyon 42,5 foiz, Jaliliy esa 38,6 foiz ovoz olgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28