Eronda Rossiya qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Olam

image

Eron janubidagi Fors viloyatida Su-22 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Eron davlat televideniyesi xabar berdi.

Aytilishicha, samolyot Kazerun tumanidagi Parishan ko‘li yaqinida qulagan. Uchuvchining hayoti saqlab qolingan. Qurbonlar yo‘q.

Hodisa haqida qo‘shimcha tafsilotlar keltirilmagan.

O‘z navbatida, Eronning “Tasnim” axborot agentligi samolyot Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy-havo kuchlariga tegishli ekanini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Su-22 Rossiyaning Suxoy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Su-17 samolyotining eksport modifikatsiyasi bo‘lib, Eron tomonidan faol foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron qiruvchi samolyot Su-22

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing