Eronda prezident saylovida ovoz berishning ikkinchi bosqichi boshlandi
Olam
−
05 iyul
2313Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida ovoz berishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy Tehrondagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri, islohotchi Mas’ud Pezeshkiyon va respublika Milliy xavfsizlik oliy kengashining sobiq bosh kotibi, konservativ Said Jaliliy ikkinchi turda prezidentlik uchun kurashmoqda.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘n to‘rtinchi marta bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida 62 millionga yaqin saylovchi ovoz berish huquqiga ega. Mamlakat bo‘ylab 59 mingdan ortiq saylov uchastkasi faoliyat yuritadi. Mamlakat tashqarisida bo‘lgan fuqarolar uchun 95 davlatda ovoz berish joylari ochildi.
Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da ochilib, 18:00 da yopiladi.
Ma’lumot uchun, saylovning dastlabki natijalari yarim tunda e’lon qilinishi kutilmoqda, yakuniy natijalar ertaga e’lon qilinadi. Eronda prezidentlik muddati 4 yil bo‘lib, u ketma-ket ko‘pi bilan 2 marta saylanishi mumkin.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi