Eronda ota 35 yoshli erkak bilan qochib ketgan 14 yashar qizini boshidan judo qildi

Olam

image

Eron Islom Respublikasida ota “nomusga qo‘ygan“ 14 yoshli qizini boshidan judo qilib, qotillik amalga oshirdi. Jinoyatdan butun mamlakat larzaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea katta noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera“ nashri xabar berdi.

Hodisa shimoliy Gilon viloyatidagi Talesh shahrida yuz berdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ota qizini o‘roq bilan o‘ldirgan.

Marhumning ismi Romina Ashrafi edi. Fojia boshlanishidan bir necha kun oldin u sevib qolgan 35 yoshli erkak bilan uydan qochib ketadi. Ota bunday munosabatlarga qarshi edi. Politsiya qizni topib, uning uyida xavf kutib turgani haqidagi ogohlantirishiga qaramay, oilasiga qaytardi. Biroz vaqt o‘tgach, Romina o‘ldirildi.

Qizini o‘ldirganidan keyin ota ixtiyoriy ravishda militsiya bo‘limiga qo‘lida jinoyat quroli bilan kelgan va o‘z qilmishini tan olgan. Jinoyatchi hibsga olingan. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Qotillikdan keyingi norozilik namoyishlari paytida Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirish zarurligini e’lon qildi. Ruhoniy fojiadan afsusda ekanini aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Eronda qizlar 13 yoshdan keyin turmushga chiqishi mumkin. Shunga qaramay, mamlakatda qizlar nikohlanishining o‘rtacha yoshi 23 yoshni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Qotillik

Baholaganlar

4886

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing