Davlat tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun majburiy pulli kurslar joriy etiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda – Akademiya) ikki oy muddatda vaqtni to‘g‘ri tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish texnologiyalari (time management), byurokratiya, qog‘ozbozlik va yig‘ilishlar o‘tkazish amaliyotini bekor qilish bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqib, Akademiya va uning filiallarida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun kurslarni kelishilgan muddatlarda tashkil etadi.

Belgilanishicha, Akademiya va uning filiallaridagi o‘quv kurslari pullik asosda olib boriladi va ushbu kurslarda ishtirok etish tasdiqlangan kurslar grafigiga kiritilgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun majburiydir;

Akademiya va uning filiallaridagi o‘quv kurslarida o‘qish bilan bog‘liq xarajatlar byudjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar, shuningdek, xodimlari kurs tinglovchilari hisoblangan davlat organlari va tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

majburiy pulli  kurslar Davlat tashkilotlari

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing