Eronda muxlislar Ronalduni tinch qo‘ymayapti (video)
Sport
−
19 Sentabr 2023 17461 1 daqiqa
Eronning “Persepolis” klubi muxlislari ”Al-Nasr” klubi joylashgan mehmonxonaga bostirib kirdi.
Muxlislar mehmonxonaning qabulxonasiga kirishga muvaffaq bo‘lgan va “Ronaldu” deb hayqira boshlagan. Natijada qo‘riqchilar portugaliyalik futbolchini o‘z qavatiga olib ketgan.
Qayd etilishicha, muxlislar Ronalduni ko‘rishni istashi tufayli “Al-Nasr” mutasaddilari jamoa mashg‘ulotlarini bekor qilishga majbur bo‘lgan. Portugaliyalik futbolchi ketayotgan avtobus oldiga yuzlab muxlislar yugurib chiqqan.
Ma’lumot uchun, “Al-Nasr” bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da “Persepolis” bilan Osiyo Chempionlar Ligasi 1-turi doirasida bahs olib boradi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr