Eronda motam bayrog‘i ko‘tarilmoqda (video)
Olam
−
09:44 4644 1 daqiqa
Eronning shimoli-sharqida joylashgan Mashhad shahrida Imom Rizo masjidi ustiga qora motam bayrog‘i ko‘tarilmoqda. Bu haqda Eronning “Iribnews” axborot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, Eron davlat televideniyesi mamlakat oliy rahbari Ali Xomanaiy halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Shu munosabat bilan mamlakatda 40 kunlik motam e’lon qilingan hamda bir haftalik dam olish kunlari belgilangan.
Keyinchalik, Eron Prezidenti ma’muriyati Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti javobsiz qolmasligini bildirdi va mamlakat tarixdagi eng dahshatli hujumga tayyorlanayotganini aytdi.
Shuningdek, Eron hududiga uyushtirilgan hujum chog‘ida Oyatullohning oila a’zolaridan to‘rt kishi – qizi, kuyovi, nabirasi va kelinlaridan biri ham halok bo‘lgan.
Live
Barchasi