Eronda qurolli hujum oqibatida 11 politsiyachi halok bo‘ldi
Olam
−
16 dekabr 2023
5193Eron janubi-sharqidagi Rask shahrida joylashgan politsiya bo‘limiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 11 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi Siston va Belujiston gubernatori ma’muriyatiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujum tunda sodir etilgan.
“Raskdagi politsiya bo‘limida sodir etilgan terakt oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, politsiya otishma davomida bir necha hujumchini zararsizlantirgan.
Mahalliy matbuotning yozishicha, hujum uchun javobgarlikni Siston va Belujiston viloyatida faoliyat yurituvchi “Jeyshul Adl” tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.
“Jeyshul Adl” mintaqadagi balujlar huquqlarini himoya qilishini da’vo qiladi. Eron hukumati “Jeyshul Adl”ni terrorchi tashkilot sifatida tan oladi.
LiveBarchasi