Eronda futbol bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi. O‘yinchilar odamlar emas
Texnologiya
−
04 aprel 2023
10385Joriy yilning aprel oyi oxirida Eronda robotlardan iborat jamoalar orasida ochiq futbol musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Moskva fizika-texnika instituti (MFTI) futbol robotlari jamoasi va ularni ishlab chiquvchilari musobaqada qatnashish uchun Eronga boradi. Bu haqda “Starkit” jamoasi sardori, Moskva fizika-texnika instituti boshqaruv tizimlarining to‘lqin jarayonlari laboratoriyasi muhandisi Vladimir Litvinenkoga tayanib, TASS xabar berdi.
“Bu barcha uchun ochiq bo‘lgan mintaqaviy chempionat, ular dunyoning turli burchaklarida bo‘lib o‘tadi. Biz juda yaxshi o‘ynaydigan Eron jamoalari bilan bahslashishni istaymiz, ularda robot texnikasi rivojlangan. Yaqinda biz Braziliyadagi musobaqalarga bordik. Bunday xalqaro hamkorlik biz qay darajada ekanimizni anglashga va agar nimadadir ortda qolayotganlar bo‘lsa, ularga ko‘malashishga yordam beradi”, deydi Litvinenko.
Uning aytishicha, MFTI robotlari butunlay Rossiya texnikasi asosida ishlab chiqilgan. 2018 yilda Fransiya jamoasidan birinchi futbolchi robot olingan. Qurilmani noldan yaratmaslik uchun keyingi rivojlanishga asos sifatida undan foydalanilgan. Besh yil davomida mexanizmlar butunlay qayta ishlab chiqilib, fransuzcha asosdan hech narsa qolmagan.
2021 yilda MFTI jamoasi 1993 yilda tashkil etilgan xalqaro musobaqa – Robot futboli bo‘yicha RoboCup jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Ularning maqsadi – sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun avtonom futbolchi robotlarini yaratish. Rossiya bu harakatga 2016 yilda qo‘shilgan.
Ma’lumot uchun, robot futboli qoidalari xalqaro federatsiya tomonidan o‘rnatiladi. Ular robototexnikaning rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. Har bir jamoada to‘rtta avtonom odamsimon robotlar mavjud bo‘ladi: uchta maydon o‘yinchisi va bitta darvozabon. O‘yinlar 6,75 metrga 4,5 metr o‘lchamdagi yumshoq sun’iy o‘t qoplangan maydonda bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi