Eronda erini o‘ldirgan ayol qatl etildi
Olam
−
21 dekabr 2023
10858Eronda 29 yoshli Samira Sabzian ismli ayol qatl etildi. Bu haqda Eron inson huquqlari tashkiloti Iran Human Rights ma’lum qildi.
Ayol turmush o‘rtog‘ini o‘ldirganlikda ayblanib, o‘limga hukm qilingan. Ayolning qarindoshlariga ko‘ra, eri uni muntazam ravishda haqorat qilgan.
Iran Human Rights ma’lumotlariga ko‘ra, Samira Sabzian 15 yoshida turmushga chiqqan. 19 yoshida u erini o‘ldirishda ayblanib hibsga olingan va darhol o‘limga hukm qilingan, ammo hukmni ijro etish keyinga qoldirilgan.
Sabzian o‘n yilini qamoqda o‘tkazgan. Hibsga olinganida Samira Sabzianning ikki farzandi bor edi, ulardan biri hali go‘dak bo‘lgan.
O‘n yillik qamoqxonada ayolga farzandlari bilan faqat bir marta ko‘rishishga ruxsat berilgan – o‘lim jazosi amalga oshirilishidan biroz oldin.
Eronning Inson huquqlari bo‘yicha tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2022 yilda mamlakatda kamida 582 kishi qatl etilgan, bu 2021 yilga nisbatan 75 foizga ko‘p.
Tashkilot 2023 yil sentyabr oyi oxirida kamida 499 nafar Eron aholisi, jumladan, 13 nafar ayol qatl etilganini ma’lum qilgan. Tashkilotning qayd etishicha, Samira Sabzian 2023 yilda Eron hukumati tomonidan qatl etilgan 18-ayol bo‘ldi.
LiveBarchasi