Eronda bir kunda 10 dan ortiq mahbus qatl etildi
Olam
−
15 yanvar 2024
11233Eronning Karaj shahri markaziy qamoqxonasida bir sutkada 11 mahbus dorga osildi. Bu haqda Eron inson huquqlari tashkiloti xabar berdi.
Qayd etilishicha, qatl etilgan mahbuslardan besh nafari noqonuniy giyohvand moddalar savdosida ayblangan, qolganlarining aybi hozircha noma’lum. Bu yil boshidan beri ilk qatl hisoblanadi.
Ayni vaqtda Xurramobod viloyatining Parsilun qamoqxonasida yana bir mahbus qatl etilgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda Eron qamoqxonalarida 870 kishi, jumladan, 25 nafar ayol va ikki nafar voyaga yetmaganlar qatl etilgan bo‘lib, ulardan 791 nafarining shaxsi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Eronda 2023 yilnig dekabr oyi oxirlarida Isroil foydasiga josuslik qilgan 4 nafar shaxs dorga osilgan edi.
LiveBarchasi