Eronda axborot portali rahbari josuslikda ayblanib qatl qilindi
Olam
−
13 dekabr 2020
8201Eron hukumati chet el razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblanib sudlangan “Amad News” axborot portali rahbari Ruhulloh Zamni qatl etdi. U chet el razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblanib sudlangan. Bu haqda IRIB teleradioeshittirish korporatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qatl qilish 12 dekabr kuni ertalab osib o‘ldirish yo‘li bilan amalga oshirilgan.
8 dekabr kuni instansiyaning rasmiy vakili G‘ulom Husayn Ismoiliy Eron Oliy sudi axborot portali rahbariga berilgan o‘lim jazosini o‘z kuchida qoldirganini ma’lum qilgan edi.
2019 yil 14 oktyabrda Islom inqilobi posbonlari korpusi (Eron Qurolli Kuchlarining elita bo‘linmalari) kuchlari tomonidan Zamning hibsga olinishi to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. U hukumatga qarshi faoliyat va Fransiya, AQSH va Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan.
Zam o‘z faoliyatini xorijda olib borgan eronlik jurnalist va aktivist sifatida tanilgan. Fransiya uning doimiy yashash joyi hisoblangan. Zam, ayniqsa, 2017-2018 yillarda Eronda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarini yoritishda faol qatnashgan.
LiveBarchasi