Eronda 50 nafardan ortiq monarxiya tarafdori hibsga olindi

Olam

image

Eronda tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirgan 50 nafardan ortiq monarxiya tarafdori qo‘lga olindi. Bu haqda “Fars” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch kun davomida xavfsizlik kuchlari ijtimoiy tartibsizliklarni qo‘zg‘atishni rejalashtirgan 54 kishini hibsga olgan. Rasmiylar ularning ayrimlari yanvar oyida mamlakatda yuz bergan norozilik namoyishlarida faol qatnashganini bildirgan.

Xabarda aytilishicha, 11 nafar gumonlanuvchidan uchta o‘qotar qurol, 76 ta sovuq qurol hamda granata musodara qilingan.

Shuningdek, ikki kishi Isroilning “Mossad” razvedka xizmatiga ma’lumot uzatganlikda ayblanib qo‘lga olingan. Ular muhim ob’ektlarning geolokatsiyasini yuborish, raketa zarbalari tushgan joylarni suratga olish va materiallarni Eronga qarshi ommaviy axborot vositalariga jo‘natish bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 28 fevral kuni AQSH va Isroil Eron hududidagi bir qator binolarga zarbalar bergandi. Eron esa bunga javoban Isroil hududi hamda Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy ob’ektlariga hujumlar uyushtirishni boshlagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat departamenti Eron Islom Respublikasi rahbariyati va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga aloqador yuqori martabali rasmiylar haqida ma’lumot bergan shaxsga 10 million AQSH dollari mukofot taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil monarxiya “Mossad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing