Eronda 150 ming kishilik yangi shahar quriladi
Olam
−
18 aprel 4061 1 daqiqa
Eron janubidagi Hurmuzgon provinsiyasida, Fors ko‘rfazi sohilida 150 mingdan ortiq aholiga mo‘ljallangan yangi Markaziy Makran (Makran-ye Markazi) shahri quriladi. Bu haqda Eron davlat televideniyesi xabar berdi.
“Eron Oliy shaharsozlik va arxitektura kengashi Hurmuzgon provinsiyasidagi yangi Markaziy Makran shahri bosh rejasining texnik-iqtisodiy asoslari, joylashuvi va umumiy qoidalarini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Teleradiokompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, dengiz iqtisodiyoti va energiya ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi avlod shahri Abkuhi va Kalirak aholi punktlari yaqinida barpo etiladi. Shahar maydoni 3200 gektardan 3500 gektargacha, aholi soni esa 150 mingdan 175 ming kishigacha bo‘lishi kutilmoqda.
OAVning aniqlik kiritishicha, shaharni qurishda muvozanatli rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, xususiy sektorni jalb qilish va mahalliy aholi imkoniyatlarini kengaytirishga asosiy urg‘u beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qurg‘oqchilik tufayli Eron poytaxti Tehron ko‘chirilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi