Eron yerosti havo kuchlari bazasini ochdi

Olam

image

Bugun, 7 fevral kuni Eron o‘zining “Burgut 44” deb nomlangan birinchi yerosti havo kuchlari bazasini ochdi. Bu haqda mahalliy IRNA agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu Eron armiyasining eng muhim havo kuchlari bazalaridan biri bo‘lib, undagi qiruvchi samolyotlar uzoq masofaga parvoz qila oladigan raketalar bilan jihozlangan.

Shuningdek, Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari general-mayor Muhammad Bag‘iriy Islom Respublikasi armiyasi havo kuchlari so‘nggi yillarda o‘zining hujum va mudofaa qudratini oshirishga muvaffaq bo‘lganini, yangi bazaning ochilishi eronliklarni hursand qilishi, dushman mamlakatlarni esa xavotirga solishini aytgan. 

“Eron Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi Islom inqilobi g‘oyalari yo‘lida oldinga boradi. Dushmanlarimizning davlatimizga qarshi urinishlari barbod bo‘ladi. Dushmanlarimiz, jumladan Isroil tomonidan Eronga qilingan har qanday hujum "Burgut 44" bazaci tomonidan bartaraf etiladi. Islom inqilobi g‘alabasining dastlabki kunlarida harbiy texnika va qurol-yarog‘ning atigi besh foizini o‘zimizda ishlab chiqarish mumkin edi, ammo hozirda bu ko‘rsatkich 90 foizdan oshdi. Hatto, Eronda ishlab chiqarilgan mudofaa uskunalari boshqa davlatlar tomonidan talab qilinmoqda”, deydi Bag‘iriy.

Ma’lumot uchun, “Burgut 44” havo kuchlari bazasida qiruvchi samolyotlar va dronlar saqlanadi. Bazadan turib uchuvchisiz samolyotlarni masofadan boshqarish mumkin bo‘ladi. Uning qayerda joylashgani sir saqlanadi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing