Eron yangi yadroviy inshoot quryaptimi? Rasmiy Tehron munosabat bildirdi

Olam

image

Tehron Eron g‘arbidagi Zagros tog‘ tizmasida yangi yadroviy inshoot qurishi haqidagi da’volarni rad etdi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, “Associated press” nashri sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va ekspertlarga tayanib, Eron g‘arbida yer osti yadroviy inshooti qurilishi boshlangani haqida ma’lumot tarqatgan.

Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Islomiy bu xabarlarni asossiz ma’lumotlar orqali Eron haqida salbiy tasavvur yaratishga urinish deb atadi.

“Mintaqadagi vaziyat sionistlar (Isroil) uchun yomonlashishi bilanoq dushmanona psixologik operatsiyalar va dezinformatsiyalar boshlandi”, deydi Islomiy.


Maqola muallifi

Teglar

Eron yadroviy inshoot Atom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing