Eron yangi ballistik raketasini taqdim etdi (video)
Olam
−
25 may 2023 8871 1 daqiqa
Eron 2000 km masofaga uchadigan ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda bugun, 25 may kuni “Reuters” xabar berdi.
Aytilishicha, Yaqin Sharqdagi eng yirik raketa dasturlaridan biriga ega bo‘lgan Eron qurollari Isroil va AQSHning mintaqadagi bazalariga yetib borishi mumkin. Rasmiy Tehron esa Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlarining qarshiliklariga qaramay, o‘zining “mudofaa” raketa dasturini yanada rivojlantirishini ta’kidlab keladi.
“Eron dushmanlariga xabarimiz shuki, biz mamlakat va uning yutuqlarini himoya qilamiz. Do‘stlarimizga murojaatimiz shuki, biz mintaqa barqarorligiga yordam berishni xohlaymiz”, deydi Eron Mudofaa vaziri Muhammadrizo Ashtianiy.
Ta’kidlanishicha, “Xaybar” deb nomlangan mazkur raketaning og‘irligi 1500 kilogrammni tashkil etadi. 2000 km masofaga uchadigan ushbu jangovar kallak “Xoramshahr 4” ballistik raketasining takomillashtirilgan versiyasi ekani aytiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025