Eron Yaqin Sharqda urushni kengaytirish bilan tahdid qilmoqda

Olam

image

Tehron AQSH Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy mojaroga kirganidan keyin yana bir bor tahdid qildi. Eron Qurolli kuchlari matbuot kotibi Ibrohim Zolfag‘ariy bugun, 23 iyun kuni Eron davlat televideniyesi orqali bayonot berdi.

“Islom jangchilari kuchli va maqsadli amaliyotlar orqali siz uchun jiddiy, oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi”, dedi .

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning harbiy mojaroga kirishi Eron armiyasi uchun “qonuniy nishonlar doirasini kengaytiradi” va “mintaqadagi urushning kengayishiga yo‘l ochadi”.

Shu kuni Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) Erondan yangi raketa hujumlari haqida xabar berdi. 

“Havo hujumidan mudofaa tizimlari tahdidni qaytarmoqda”, deyiladi bayonotda.

Raketa tahdidi Isroil shimolidagi bir qancha hududlarda, keyin esa mamlakatning markaziy qismida, jumladan Tel-Aviv va Quddusda e’lon qilindi. AFP muxbirining xabar berishicha, Quddusda bir necha portlash ovozlari eshitilgan. Isroil matbuoti Eron 15 ga yaqin raketa uchirgani haqida yozmoqda.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga yaqin bo‘lgan “Tasnim” axborot agentligi Isroilga uchuvchisiz samolyotlardan ikki marta hujum uyushtirilgani haqida xabar berdi.

Isroil, o‘z navbatida, Eronga yana zarba berdi. Isroil harbiy-havo kuchlari Eron g‘arbidagi Kirmonshohdagi harbiy infratuzilmaga hujum qildi. SAXALga ko‘ra, zarbalar nishoni 15 ta qiruvchi samolyot, uchirish maydonchalari va “yer-yer” raketalarini saqlash joylari bo‘lgan.

Bundan tashqari, Isroil armiyasi Erondagi oltita aerodromga hujum qildi, uchish-qo‘nish yo‘laklarini vayron qildi, 15 ta harbiy samolyot va vertolyotni yo‘q qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 iyunga o‘tar kechasi AQSH Isroil va Eron o‘rtasidagi 13 iyunda boshlangan harbiy mojaroga kirdi. AQSH armiyasi Eron yadroviy dasturining uchta ob’ektiga zarba berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Yaqin Sharq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing