Eron yadro texnologiyasi orqali toza suv ishlab chiqarmoqchi
Olam
−
31 iyul 2023 4545 1 daqiqa
Eron Atom energiyasi tashkiloti yadroviy texnologiyadan foydalangan holda mamlakat chuchuk suv ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tashkilot o‘rinbosari Said Pejman Shirmardi “Mehr News” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bu texnologiya suvni tejashda ham, chuchuk suv ishlab chiqarishda ham samarali bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda uning turli usullari mavjud. Dunyoda chuchuk suv ishlab chiqarishning eng muhim usullaridan biri bu atom elektr stansiyalaridan foydalanishdir”, deydi Shirmardi.
U yirik atom elektr stansiyalarining chuchuk suv ishlab chiqarish quvvati yuqori ekanini aytib, Bushehr atom elektr stansiyasida kuniga 70 ming kub metrgacha chuchuk suv ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan blok borligini ma’lum qilgan.
“Eron Atom energiyasi tashkiloti mamlakat suv iste’molining bir qismini, hech bo‘lmaganda, atom elektr stansiyalari joylashgan hududlarni ta’minlashni rejalashtirmoqda. Bu loyiha Busherda boshlangan, chunki, u yerda atom elektr stansiyasi bor”, deydi tashkilot o‘rinbosari.
Shuningdek, u Atom energiyasi tashkiloti rahbarining Fors ko‘rfazida, xususan Makran qudug‘i qirg‘oqlarida va mamlakat shimolidagi bir mintaqada atom elektr stansiyasini qurish va barpo etish haqidagi buyrug‘iga ishora qilib, joy tanlash dasturlari boshlanganini aytgan.
Live
Barchasi