Toshkentda 20 yashar “issiq-sovuqchi” qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Toshkentda 28 yashar qizni yaxshi ko‘rgan yigitiga “isitib” berishni va’da qilib, qariyb 3500 AQSH dollari miqdoridagi tilla taqinchoqlar va 450 ming so‘mga chuv tushirgan folbin qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

IIBB xabariga ko‘ra, Mirobod tumani IIO FMBga 28 yoshli Z.A. firibgarning tuzog‘iga ilinib, pul va tilla taqinchoqlaridan ayrilgani aytib, shikoyat qilgan.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, 20 yoshli V.A. unga bir yigitni “isitib” berishni va’da qilgan. Xizmatlari evaziga undan 450 ming so‘m va umumiy qiymati 32 million 890 minglik tilla taqinchoqlarini olgan.

Ammo folbin o‘z va’dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston JKning 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Folbin

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing