Eron Vengriya orqali Isroilni ogohlantirdi

Olam

image

Eron Isroilni o‘ziga qarshi hujumga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Katsga tayanib, “The Jerusalem Post” xabar berdi.

Katsning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto unga qo‘ng‘iroq qilib, Eron Tashqi ishlar vaziri Ali Bag‘eriydan tegishli ma’lumot olganini aytgan.

Kats boshqa ma’lumotlarni ochiqlamadi.

Qayd etilishicha, Eron 31 iyulga o‘tar kechasi Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishiga javoban Isroilga zarba berishni rejalashtirmoqda.

“Yediot Ahronoth” esa Binyamin Netanyaxu hukumati Eronga oldindan zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini yozdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Israel' Kats

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing