Eron TIV sayti kiberhujumga uchradi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vazirligi sayti ma’lum muddat ishlamay qoldi. Bunga esa xakerlar hujumi sabab bo‘ldi. Bu haqda “IRNA” xabar berdi.

Bir guruh xakerlar ko‘plab maxfiy hujjatlar va vazirlik ma’lumotlarini, jumladan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, rasmiy yozishmalar, telefon raqamlari va minglab xodimlar ro‘yxatini qo‘lga kiritganini da’vo qilgan. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanani esa xakerlik oqibatida vazirligi serverlaridan ma’lumotlar bazalari sizib chiqqani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, faqatgina sayt interfeysi xakerlik hujumiga uchraganini aytgan. 

Kananining so‘zlariga ko‘ra, zudlik bilan zarur choralar ko‘rilgan va sayt allaqachon oldingi ish faoliyatini tiklagan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda Tashqi ishlar vazirligi nomidan e’lon qilingan ma’lumotlar yolg‘on va asossiz bo‘lib, bugungi kunda sodir bo‘lgan voqealarga (kiberhujum) hech qanday aloqasi yo‘q va ommaviy axborot vositalarida shunchaki bo‘rttirib ko‘rsatilmoqda”, deydi TIV vakili.

Ma’lumot uchun, buzilgan saytning bosh sahifasida ma’lum muddat “Homanaiyga o‘lim, omon bo‘lsin Rajeviy” iborasi va mamlakatda terrorchi tashkilot deb topilgan “Eron xalqi mujohidlari tashkiloti” rahbarlarining suratlari namoyish etilgan. Oldinroq esa “Kıyam ta Serneguni” nomli xakerlar guruhi Islom Madaniyat va Aloqa Instituti veb-saytiga buzib kirish orqali 200 ming fayl va hujjatni qo‘lga kiritganini da’vo qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tashqi ishlar vazirligi Eron kiberhujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing