Eron tez orada AQSHga o‘z taklifini taqdim etadi – Aroqchi

Olam

image

Eron yaqin ikki-uch kun ichida yadroviy muzokaralar bo‘yicha AQSHga taklif loyihasini tayyorlaydi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qilgan.

Mulozimning aytishicha, so‘nggi muzokaralarda Vashington Eron uchun “nol darajadagi uran boyitish” talabini qo‘ymagan, Tehron esa ushbu jarayonni to‘xtatishni taklif qilmagan. Aroqchi tomonlar hozir yadroviy dasturning, jumladan, boyitish jarayonining tinch maqsadlarda ekanini va shundayligicha qolishini kafolatlash mexanizmlarini muhokama qilayotganini bildirgan.

Vazirning ta’kidlashicha, buning evaziga sanksiyalar bo‘yicha muayyan choralar ko‘rilishi ehtimoli bor. U tafsilotlarni ochiqlamagan bo‘lsada, diplomatik kelishuv “qisqa muddatda” amalga oshishi mumkinligini aytgan.

Oq uy hozircha Aroqchining bayonotlariga rasmiy munosabat bildirmagan. Tomonlar o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bir hafta ichida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga yadroviy dastur va boshqa muammolar bo‘yicha kelishuvga erishish uchun 15 kun muhlat bergan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing