Eron teraktga aloqador olti kishini hibsga oldi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Eron razvedka vazirligi Sheroz shahridagi Shoh-Sherax maqbarasida sodir etilgan teraktga aloqadorlikda ayblanib, olti kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. Departamentning bugun, 31  oktyabr kuni bayonoti mazmunini Fors agentligi keltirmoqda. 

Unda qayd etilishicha, tegishli xizmatlar xodimlari terrorchilarning olti nafar sherigini aniqlash va qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. 

Bugun Eron Islom Respublikasi razvedka vaziri Sayyid Ismoil Xatib mamlakat xavfsizlik kuchlari tomonidan hujumning ikkinchi jinoyatchisi hibsga olinganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni noma’lum uch kishi Eronning Fors viloyatida joylashgan Sheroz shahridagi Shoh-Cherax maqbarasida o‘t ochdi. Huquq-tartibot kuchlari ikki jangarini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi, uchinchisini qidirish ishlari davom etmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qurbonlari soni 15 kishiga yetgan, 40 kishi yaralangan. “Reuters” agentligiga ko‘ra, hujum uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing