Eron Suriya va Turkiyaga yordam berishga tayyorligini bildirdi
Olam
−
23 Oktabr 2019
4207Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Abbos Musaviyning so‘zlariga ko‘ra, Eron Turkiya va Suriya o‘rtasida dialog va o‘zaro tushunishni o‘rnatishga yordam berishga tayyor. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Eron har doim qarama-qarshiliklarni hal qilishda muloqot va tinch yondashuvlar tarafdori bo‘lib kelgan va shu sababli hamisha kelishmovchiliklarga ega bo‘lgan tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlagan", dedi Musaviy.
Uning ta’kidlashicha, 20 yildan ko‘proq vaqt oldin Turkiya va Suriya o‘rtasida tuzilgan Adan kelishuvi Anqara va Damashq uchun mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun mos asosdir.
"Eron Anqara va Damashq o‘rtasidagi muloqot va o‘zaro tushunishni o‘rnatish uchun yordam ko‘rsatishga tayyor", deya qo‘shimcha qildi Eron TIV rasmiy vakili.
LiveBarchasi