Eron samolyotlarda elektron aloqa vositalarini taqiqladi

Olam

image

Eron samolyotlarda elektron aloqa vositalarini tashish taqiqladi, mobil telefonlar bundan mustasno. Bu haqda mamlakat fuqaro aviatsiyasi tashkiloti rasmiy vakili Jafar Yazerluga tayanib Eronning IRNA axborot agentligi xabar berdi.

Yazerlu parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bortga peyjer va ratsiya kabi elektron aloqa vositalarini olib kirish taqiqlanganini aytdi. Unga ko‘ra, taqiq yo‘lovchi saloni va yuk bo‘limiga ham tegishli.

“Yo‘lovchilar samolyot bortiga mobil telefonlardan tashqari elektron aloqa vositalarini olib kirish tashabbuslaridan qochishlari kerak”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 17 va 18 sentyabr kunlari Livanda aloqa vositalarining portlashi sodir bo‘lgandi. 17 sentyabr kuni mamlakatning turli hududlarida deyarli bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli peyjerlar portladi. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, favqulodda hodisa natijasida 12 kishi, jumladan, 2 nafar bola halok bo‘lgan, 2,8 ming nafar odam tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yetkazilgan. Ertasi kuni, 18 sentyabrda Livanning turli hududlarida quyosh panellari va litiy-ionli akkumulyatorlardan quvvat oladigan ratsiyalar, telefonlar va qurilmalar portladi. Takroriy portlash oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi, 608 kishi yaralandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron samolyot ratsiya peyjer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing