Eron Prezidentining vertolyoti halokatga uchradi
Olam
−
19 may
30993Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot “qiyin qo‘nishni” amalga oshirdi. Bu haqda Eron davlat televideniyesiga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.
Raisiy Sharqiy Ozarbayjon viloyatiga ketayotgan edi. Davlat televideniyesining aniqlik kiritishicha, hodisa Eron poytaxti Tehrondan 600 kilometr shimoli-g‘arbda, Ozarbayjon bilan chegarada joylashgan Jo‘lfa shahri yaqinida sodir bo‘lgan.
“Ushbu vertolyot Varzegan umumiy hududida halokatga uchradi va voqea joyiga Sharqiy Ozarbayjon, Ardabil va Zanjon viloyatlarining tezkor javob guruhlari yuborildi”, deb yozadi IRNA.
Biroq hududdagi yomon ob-havo sharoiti qutqaruvchilarga xalaqit bergani, kuchli yomg‘ir yog‘ib, biroz shamol bo‘layotgani aytilmoqda.
Raisiy bugun, 19 may kuni ertalab Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga ikki davlat tomonidan Araks daryosida qurilgan uchinchi to‘g‘onning ochilish marosimida qatnashgan.
LiveBarchasi