Eron Prezidenti Ozarbayjonga bordi (video)
Olam
−
28 aprel
3684Bugun, 28 aprel kuni Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Eron va Ozarbayjon o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash maqsadida Baku shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda “PressTV” xabar berdi.
Telekanalga ko‘ra, Pezeshkiyon bugun ertalab Bokuga yetib borib, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralar o‘tkazgan. Tantanali marosimda ikki Prezident 7 ta hamkorlik hujjatiga imzo chekkan. Eron Prezidenti Bakudagi tashrifi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga qaratilganini ta’kidlagan.
“U imzolangan bitimlar ikki mamlakatning aloqalarni rivojlantirish borasida yanada katta qadamlar tashlashiga yordam berishiga umid bildirdi va mintaqada aloqalarning munosib namunasi shakllanishiga zamin yaratishiga umid qildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Pezeshkiyon Eron va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi tarixiy va madaniy rishtalar mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lini ochishini qo‘shimcha qilgan va Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning salomini Ozarbayjon Prezidentiga yetkazgan.
“U Eron delegatsiyasining Bokudagi ishtiroki ikki mamlakatning aloqalarni mustahkamlash, birlik va uyg‘unlikni oshirish borasidagi qat’iy iroda va niyatidan darak berishini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, Aliyev uchrashuvda ishtirokchilar turli masalalarni muhokama qilganini va ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiladigan munosabatlarni kengaytirish zaruratini ta’kidlaganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Mas’ud Pezeshkiyon Tehrondagi Mehrobod aeroportida Tojikistonga jo‘nab ketish oldidan qilgan nutqida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash o‘z ma’muriyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani va bu masala ushbu hukumatda shiddat bilan amalga oshirilishini aytgandi.
Shundan so‘ng, 15 yanvar kuni u davlat tashrifi bilan ilk bor Tojikistonga keldi. Dushanbe xalqaro aeroportida uni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning shaxsan o‘zi kutib oldi va yuksak hurmat belgisi sifatida oliy martabali mehmonni mamlakatga ilk tashrifi bilan samimiy qutladi.
Oradan 2 kuni o‘tib, 17 yanvar kuni Pezeshkiyon Rossiyaga ham borib, Kremlda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda Rossiya tomonidan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Bosh vazir o‘rinbosari, Prezidentning “Shimol-Janub” xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Vitaliy Savelev, Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Rossiyaning Erondagi elchisi Aleksey Dedov hamda Rossiyaning Energetika vaziri, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Rossiya-Eron doimiy komissiyasi hamraisi Sergey Sivilev ishtirok etgan.
LiveBarchasi