Eron Prezidenti ortidan Netanyaxu ham Ozarbayjonga boradi
Olam
−
28 aprel 6460 1 daqiqa
Avvalroq, joriy yilning may oyida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu rasmiy tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasiga tashrif buyurishi haqida xabar berilgan edi. Uning tashrifi joriy yilning 8 may kuniga rejalashtirilgan. Bu haqda Oxu.az xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, aynan o‘sha kunlarda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hukumat a’zolari va yahudiylar jamoasi rahbarlari bilan uchrashishi kutilmoqda.
Shuningdek, kun tartibida Ozarbayjonning Ibrohim kelishuviga qo‘shilishi, Isroil bilan ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish va Bakuning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Ma’lumot uchun, 8 may Ozarbayjonda ramziy kun hisoblanadi. 1992 yil ayni shu kunda Ozarbayjonning kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan milliy qahramoni Albert Agarunov Shusha shahrini himoya qilish uchun jangda vafot etgan. Netanyaxu Albert Agarunovning Bakudagi qabrini ziyorat etishi ham kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 aprel kuni Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Eron va Ozarbayjon o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash maqsadida Baku shahriga tashrif buyurgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr