Eron osmonining yopilishi ortidan qator reyslar Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Jamiyat
−
13 iyun 9775 1 daqiqa
Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Xususan:
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yo‘nalishidagi HY5343 reysi soat 6:18 da Toshkent aeroportiga qaytib qo‘ndi.
Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi FZ1942 reysi mahalliy vaqt bilan soat 6:37 da qo‘ndi.
Shuningdek, Air Cairo aviakompaniyasining Olmaota – Sharm-ash-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha SM882 reysi (07:46) va Qatar Airways aviakompaniyasining Seul – Doha yo‘nalishi bo‘yicha QR8985 reysi (07:57) Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Centrum Air aviakompaniyasining esa Toshkent – Doha yo‘nalishi bo‘yicha C63341 reysi uchishi aeroportda kechiktirildi. Yo‘lovchilar vaqtinchalik terminalga joylashtirildi.
Parvozlar holati haqida batafsil ma’lumot olish uchun aviatashuvchiga murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronning bir qator yadro ob’ektlari va yuqori qo‘mondonlik binolariga hujum qilganini xabar qilgan edi. Ushbu hujum oqibatida bir qator eronlik qo‘mondonlar va yadroviy tadqiqotlar bo‘yicha olimlar halok bo‘lgani aytilmoqda.
Buning ortidan endi Isroilga raketa otilishi mumkinligi munosabati bilan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklarga tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr