Eron Oliy rahbarni tanlash bo‘yicha bir qarorga keldi

Olam

image
Xomanaiyning o‘rnini kim egallashi mumkin? north_east

Xomanaiyning o‘rnini kim egallashi mumkin?

Eronda mamlakat Oliy rahbarini saylash bo‘yicha yakdillikka erishildi. Bu haqda bugun, 8 mart kuni Ekspertlar kengashi a’zosi Muhammad-Mehdi Mirboqiriy televideniye orqali qilgan chiqishida ma’lum qildi.

“Ekspertlar kengashining muhtaram a’zolari shu kunlarda Oliy rahbar nomzodini belgilash uchun bor kuch-g‘ayratlarini sarfladilar va bu ishda muvaffaqiyatsizlikka uchramadilar. Ko‘pchilikning fikrini ifoda etuvchi qat’iy va yakdil to‘xtamga kelindi”, deydi u.

Shunga qaramay, Mirboqiriy hali hal qilinishi kerak bo‘lgan ayrim to‘siqlar mavjudligini qayd etgan.

Bundan oldin Ekspertlar kengashi a’zosi Ahmad Xatamiy Eronda mamlakat Oliy rahbari bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomzodlar aniqlab olingani va Ali Xamanaiyning vorisini yakuniy saylashga yaqin ekanliklarini bildirgan.

Avvalroq esa AQSH Prezidenti Donald Tramp kelajakda Eron rahbariyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazish niyatida ekanini aytib, kelishuvlarni bekor qilish bilan tahdid qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1 mart kuni Eron davlat ommaviy axborot vositalari mamlakat Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xamanaiy o‘ldirilganini rasman tasdiqlagandi. Buning ortidan mamlakatda 40 kunlik motam e’lon qilindi. Shuningdek, Xamanaiyning o‘g‘li, kuyovi, kelini va nabirasi ham AQSH va Isroil zarbalari qurboni bo‘ldi.

 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Donal'd Tramp Oliy rahbar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing