Eron namoyishchilarni bostiryapti

Olam

image

Eron rasmiylari AQSH tomonidan harbiy hujum uyushtirilgan taqdirda, mintaqadagi qo‘shni davlatlarda joylashgan Amerika harbiy bazalari nishonga olinishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Tehron Saudiya Arabistoni, BAA va Turkiyani bu bo‘yicha oldindan xabardor qilgan. Bu haqda HRANA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va AQSH maxsus elchisi Stiv Uitkoff o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar to‘xtatilgan.

AQSHda joylashgan HRANA inson huquqlarini himoya qilish guruhi hozirgacha 2 403 nafar namoyishchi va 147 nafar hukumatga aloqador shaxs halok bo‘lganini ma’lum qildi. Eron rasmiysi esa 13 yanvar kuni qurbonlar soni taxminan 2 ming kishini tashkil etishini aytdi.

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bu voqealarni “Eronning zamonaviy tarixidagi eng shafqatsiz repressiya” deb atab, u zudlik bilan to‘xtatilishi kerakligini bildirdi. 

G‘arb rasmiylaridan biri Eron hukumati hozircha qulash arafasida emasdek ko‘rinayotganini, xavfsizlik apparati esa vaziyatni nazorat ostida ushlab turganini aytdi. Shu bilan birga, mamlakatda bostirish choralari ko‘rilgandan keyin biroz tinchlik tiklagani, biroq bu tinchlik majburan ta’minlanganini qo‘shimcha qilindi. 

Isroil hukumati vakilining aytishicha, kecha, 13 yanvar kuni kechqurun Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning xavfsizlik kabinetiga Eron rejimining qulashi yoki AQSH aralashuvi ehtimoli haqida ma’lumot berilgan. 

Davlat OAVlariga ko‘ra, Eronning oliy xavfsizlik organi rahbari Ali Larijoniy Qatar Tashqi ishlar vaziri bilan, Abbos Aroqchi esa BAA va Turkiya Tashqi ishlar vazirlari bilan muzokaralar olib borgan. Xabarlarga ko‘ra, Aroqchi BAA Tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulloh bin Zaydga mamlakatda vaziyat barqarorlashganini va Eron o‘z suvereniteti hamda xavfsizligini har qanday xorijiy aralashuvdan himoya qilishga qat’iy qaror qilganini bildirgan.

Hibsga olingan namoyishchilar saqlanayotgan Tehron qamoqxonasiga tashrif buyurgan Eron bosh sudyasi zo‘ravonlikka qo‘l urgan shaxslarni tezkor sud qilish va jazolash muhimligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, “odamlarni o‘ldirgan yoki tiriklayin yoqib yuborganlar” qat’iy jazolanishi kerak.

HRANA ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha 18 137 kishi hibsga olingan. Eron kurdlari huquqlarini himoya qiluvchi Hengaw tashkiloti esa Karaj shahridagi norozilik namoyishlari ortidan hibsga olingan 26 yoshli Erfan Sultoniy bugun, 14 yanvar kuni o‘limga hukm qilingani haqida xabar bergan. Biroq hukm ijro etilgani yoki inkor bo‘lgani ma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Eron namoyishchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing