Eron mundialda Azmunsiz ishtirok etadi

Sport

image
Eron milliy terma jamoasi Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purardan biri bo‘lgan Sardor Azmun terma jamoa tarkibidan o‘rin olmadi. Bu qarorga futbolchining BAA shayxlari bilan tushgan suratlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ayni shu hudud Eronga qarshi havo hujumlarini amalga oshirgan.

Sardor Azmun o‘zining Instagram sahifasida Eron “uning qalbi va g‘ururi” bo‘lib qolishini ta’kidlab, milliy terma jamoaga Jahon chempionatida omad va sharaf tilagan.

Eron milliy terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasi quyidagicha:

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati guruh bosqichida Eron terma jamoasi Inglvud shahrida Yangi Zelandiya (15 iyun) va Belgiya (21 iyun), so‘ngra esa, Sietlda Misr (26 iyun) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

31 yoshli Sardar Azmun esa Eron terma jamoasi safida 91 ta o‘yinda maydonga tushib, 57 ta gol urgan.

Maqola muallifi

Teglar

Eron Jahon chempionati Sardor Azmun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing