Eron mudofaa doktrinasida yadroviy qurol yo‘q – TIV
Olam
−
21 avgust
3500Eron tomoni atom energiyasini tinch yo‘l bilan rivojlantirish konsepsiyasiga amal qiladi. Mudofaa doktrinasida yadroviy qurol yo‘q. Vashingtonning bu haqidagi barcha bayonotlari asossiz va Amerika saylovoldi kampaniyasining bir qismi. Bu haqda Eron TIV matbuot kotibi Nosir Kanani ma’lum qildi.
Avvalroq AQSH Vakillar palatasining razvedka qo‘mitasi raisi Mayk Tyorner CBS News telekanaliga bergan intervyusida Eron 2024 yil oxirigacha yadro quroliga ega bo‘lishini e’lon qilishi mumkinligini aytgan edi.
“Eron doktrinasi yadroviy energiyadan mamlakatning ehtiyojlari va rivojlanish rejalariga muvofiq, shuningdek, “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi kelishuv doirasida tinch maqsadlarda foydalanishdan iborat. U Eronning mudofaa doktrinasida hech qachon bo‘lmagan va hozir ham yo‘q”, deydi Kanani.
Uning ta’kidlashicha, Amerika tomonining Eronda yadroviy qurol borligi haqidagi bayonotlari asossiz.
“Ular prezidentlik saylovlari oldidan olib borilayotgan kampaniyaning bir qismidan boshqa narsa emas”, deydi Eron TIV vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatlarni yadro qurolidan foydalanish tahdidi haqida ogohlantirgan edi.
LiveBarchasi