Eron kosmosga yangi harbiy sun’iy yo‘ldoshni chiqardi
Olam
−
27 Sentabr 2023 5403 1 daqiqa
Eron o‘zining uchinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshi “Nur-3”ni kosmosga muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda Eron Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Iso Zarepur ma’lum qildi.
Uning aytishicha, sun’iy yo‘ldosh 450 km balandlikdagi orbitaga chiqarilgan.
Bildirilishicha, “Nur-3”ning parvozi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan Eronda ishlab chiqarilgan Qassed raketasi yordamida amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, 2009 yil fevral oyida Eron o‘zining birinchi sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqqan. 2020 yilning aprel oyida Eronning “Nur” deb nomlangan birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshi uchirilgan, 2022 yilning mart oyida esa “Nur-2” orbitaga chiqqan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025