Eron klubi O‘FA ustidan FIFA'ga shikoyat qildi
Sport
−
22 Oktabr
19616Eronning “Persepolis” klubi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) ustidan FIFA'ga shikoyat qildi. Bu haqda “Aziya-Sport“ xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Oston O‘runov terma jamoaga klub ruxsatisiz ketgan va jarohat olgan. Klub terma jamoadan futbolchini maydonga tushirmaslikni so‘ragan, ammo bunday bo‘lmadi va oqibatda O‘runov eski jarohatini og‘irlashtirib oldi. Hozirda Eron klubi muhim uchrashuvlarda O‘runov xizmatidan foydalana olmayapti.
Qayd etilishicha, agar futbolchining jarohati terma jamoa o‘yinlarida orttirilgani isbotlansa, O‘FA “Persepolis” klubiga tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi o‘yinida 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, BAA bilan o‘yinni esa jarohati sabab o‘tkazib yubordi.
LiveBarchasi