Eron klubi Oston O‘runovga da’vogarlik qilmoqda

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning “Spartak” klubi yarim himoyachisi Oston O‘runov faoliyatini Eronning "Istiqlol" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Eron klubi o‘zbekistonlik futbolchini transfer qilishdan manfaatdor, biroq unga Rossiyada oladigan maoshini to‘lay olmaydi. O‘runovga yana bir da’vogar “Navbahor” ham xuddi shunday muammoga duch kelgan. “Spartak”da futbolchi yiliga 600 ming yevroga yaqin maosh oladi.

Qayd etilishicha, Oston O‘runovning o‘zi ham maoshni qisqartirishni istamayapti, bu esa “qizil-oqlar”ning boshqa klublar bilan muzokaralarini qiyinlashtiradi. “Spartak” yarim himoyachi ijaraga olingan taqdirda unga to‘liq maosh to‘lashni rejalashtirmayapti va futbolchini sotishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, O‘runov 2021-2022 yilgi mavsumni ijara asosida “Ufa”da o‘tkazgan. Uning “Spartak” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali 21 yoshli futbolchining bozor narxini 700 ming yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing