Eron Xitoydan 260 ta ballistik raketa uchun kimyoviy moddalar oladi – WSJ

Olam

image

Eron Xitoydan 1000 tonnadan ortiq kimyoviy moddalar import qilishga tayyorlanmoqda. Ushbu moddalar 960 tonna ammiak perxloratiga aylantirilishi mumkin. Ular esa ballistik raketalar uchun qattiq yoqilg‘i ishlab chiqarishning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, oktyabr oyida Isroil tomonidan Eron hududiga qilingan zarbalar qattiq yoqilg‘i komponentlarini aralashtirish uchun ishlatiladigan uskunalarni yo‘q qilgan. Bu esa Eronda qattiq yoqilg‘ili raketalar ishlab chiqarishni bir yil yoki undan ko‘proq muddatga kechiktirishi mumkin. Olib kelinadigan 1000 tonna kimyoviy modda Eronning o‘rta masofali 260 ta raketa ishlab chiqarishi uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

“Xitoy 1990 yillardan buyon Eronga qurol yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalarning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lib kelgan va bu holat hanuz davom etmoqda. Pekin Eronga va husiylarga qurol yetkazib berish orqali Yaqin Sharqdagi o‘z manfaatlarini xavf ostiga qo‘ymoqda, chunki bu ular nafaqat Isroilga, balki Saudiya Arabistoni va BAAga ham zarba berish imkoniyatlarini oshiradi”, deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, Vashingtondagi Xitoy elchixonasi vakili kimyoviy moddalar yetkazib berilishi rejalashtirilganidan xabardor emasligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Xitoy ballistik raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing