Eron Kann festivalida “ruxsatsiz” qatnashgan rejissyorni qamadi

Madaniyat-san’at

image

Eron sudi taniqli kinorejissyor Said Rustaini “Leylaning og‘alari” filmini 2022 yilda Kann kinofestivalida namoyish etgani uchun olti oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “The Guardian ” nashri xabar berdi.

Gap shundaki, ushbu film Tehrondagi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan kurashayotgan oilaning murakkab hayoti haqida hikoya qiladi. Shu sababli, film ekran yuzini ko‘rganidan beri Eronda taqiqlangan. “Leylaning og‘alari” o‘tgan yili Kann festivalida “Oltin palma yaprog‘i” uchun da’vogar bo‘lgan. Shuningdek, Xalqaro kinotanqidchilar federatsiyasi mukofotini qo‘lga kiritgan edi. 

Mahalliy OAV vakillariga ko‘ra, shu hafta boshida Rustai va film prodyuseri Javad Noruzbegi festivalda filmni namoyish qilgani uchun olti oyga qamoq jazosiga hukm qilindi.  Rasmiylarning bildirishicha, “Leylaning og‘alari” filmi “xalqaro kinofestivallarda ruxsatsiz qatnashib, qoidalarni buzgan. Rejissyor esa madaniyat vazirligi talabiga binoan filmni “tuzatish”dan bosh tortgan. Shundan so‘ng, ijodkorlar “muxolifatning islomiy tuzumga qarshi targ‘ibotiga hissa qo‘shganlikda” aybdor, deb topildi. 

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Rustai 2019 yilda Eronning giyohvand moddalar muammosiga murosasiz qarashi hamda politsiyaning bu masalaga shafqatsiz va samarasiz javobini aks ettiruvchi “Tehron qonuni” filmidan so‘ng xalqaro miqyosda shuhrat qozongan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronlik reper Tumaj Solihiy o‘tgan yili mamlakatda avj olgan namoyishlarda qatnashgani uchun qamoq jazosiga hukm qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Kann qamoq fil'm kinorejissyor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing