Eron qo‘shnilarining aeroportlarini ishdan chiqarish bilan tahdid qildi

Olam

−

image

Eron qo‘shni davlatlar AQSH bilan hamkorlik qilib, Eron reyslarini to‘xtatsa, ularning aeroportlari faoliyatini izdan chiqarishini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiy joriy yilning 23 sentyabr kuni davlat televideniyesiga bergan intervyusida qo‘shni davlatlar Eron reyslarini to‘xtatishda AQSH bilan hamkorlik qilsa, Tehron ularning aeroportlari ishlashiga yo‘l qo‘ymasligini aytgan.

Uning bu bayonoti AQSH Moliya vaziri Skott Bessentning 21 sentyabr kuni bildirgan fikrlaridan keyin yangragan. Bessentning aytishicha, ikkilamchi sanksiyalar qo‘llanishi tahdidi sabab barcha Eron aviakompaniyalari 23 sentyabrdan faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat AQSH va Eron o‘rtasidagi urush boshlanganidan yetti oy o‘tgan bir paytda yuz bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning Varesh Airlines aviakompaniyasiga tegishli Tehron–Dushanbe reysi parvozga chiqqanidan so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirib, Tehrondagi Imom Xomayniy aeroportiga qaytishga majbur bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing