Eron qo‘shni davlatlar bilan chegarani yopishini ma’lum qildi

Olam

image

Eron qo‘shni davlatlar bilan quruqlikdagi chegaralarini yopishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron Qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, brigada generali Amir Kiumars Haydariy bayonotiga tayanib, “Mehrnews” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Islom respublikasi hech qachon qo‘shni davlatlarning hududlariga tahdid, tajovuz qilish, bostirib kirish yoki egallab olish niyatida bo‘lmagan. 

Shu bilan birga, mamlakatning barqaror xavfsizligini ta’minlash Qurolli kuchlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, barqaror xavfsizlikka ba’zan dronlar yoki kameralar yordamida, ba’zan esa chegaralarni yopish orqali erishilishi aytib o‘tilgan. 

“Biz chegaralarimizni yopishimiz bu qo‘shni davlatlarga nisbatan adolatsizlik emas, chunki bu har bir davlatning suveren huquqidir”, deydi Haydariy.

Shuningdek, chegaraning yopilishi xavfsizlikni ta’minlashdan iborat va qo‘shni davlatlar hududini bosib olish yoki bostirib kirishni anglatmaydi, deyiladi xabarda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron chegara yopildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing