Eron qonunchilari 14 ming namoyishchini ayovsiz jazolashni talab qilmoqda

Olam

image

Eron qonunchilari mamlakat sud tizimini noto‘g‘ri hijob kiygani uchun politsiya hibsxonasida vafot etgan talaba Mahsa Aminining o‘limi ortidan namoyishga chiqqan 14 mingga yaqin odamga qarshi keskin chora ko‘rishga chaqirdi.

290 deputatdan 227 nafari ushbu murojaatni yoqlab ovoz berdi. Ochiq xat matni Press TV davlat teleradiokompaniyasi tomonidan e’lon qilindi, deb xabar bermoqda CNN va “Reuters”.

Qonunchilar sudyalarni namoyishchilarga Eron hukumati hokimiyatiga tahdid solayotgan boshqa odamlarning oldini olish uchun “yaxshi saboq” berishga chaqirmoqda.

Qonunchilar sudyalarni namoyishchilarga “yaxshi saboq” berish orqali, Eron hukumati hokimiyatiga tahdid solayotgan boshqa odamlarni tiyib qo‘yishga chaqirmoqda.

Eron parlamentariylari namoyishchilarni jazolash uchun qanday usullardan foydalanishni so‘ragani ko‘rsatilmagan. Biroq maktubda qayd etilishicha, bu jazo “qadrli fuqarolarning hayoti, mulki, xavfsizligi va sha’ni bu tuzum uchun “qizil chiziq” ekanligini barchaga isbotlaydi”. 
Bundan tashqari, qonunchilar jazo qo‘llashda “namoyishchilarning hech biriga yumshoqlik qilmaslik” kerakligini ta’kidlamoqda.

Biroq ayrim ommaviy axborot vositalari eronlik qonunchilarning ochiq xati mazmunini noto‘g‘ri talqin qilib, mamlakat parlamenti namoyishchilarni “qatl” qilishga qaror qilgani haqida xabar tarqatdi. Ishoralar noaniq bo‘lsa-da, hujjat matnida qatl haqida hech qanday gap yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.

Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.

Amini o‘tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. 

Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.

Eronda uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab misli ko‘rilmagan norozilik to‘lqini kuzatildi, so‘nggi to‘rt hafta ichida kamida 233 namoyishchi halok bo‘ldi.

Namoyishchilar politsiya va “Basij” militsiyasi a’zolariga hujum qilgan, Qur’onni tahqirlagan, masjidlar va hukumat binolariga o‘t qo‘ygan, hijobli ayollarga hujum qilgan, tez yordam mashinalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalariga hujum qilingan. Ishtirokchilar Eronning turli shaharlarida hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing