Eron Qizil Yarim Oy jamiyati Raisiy halok bo‘lganini e’lon qildi (video)
Olam
−
20 may
27608Avvalroq, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchragani xabar qilingandi. Halokatda Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyotining barcha yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Bu haqda Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pir Husayn Kolivand ma’lum qildi.
“Halokatga uchragan vertolyotning joylashuvi aniqlangach, vertolyot yo‘lovchilarining tiriklik belgilari topilmadi", deydi u IRIB telekanali efirida.
Samolyotda Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmati va Tabriz imomi Muhammad Ali Ale Hoshem ham bor edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Eronga yordam ko‘rsatilishiga to‘liq tayyorligini bildirgan. Qizil Yarim Oy jamiyati qidiruv va qutqaruv guruhlari Prezidentni olib ketayotgan vertolyot qulagan joyga yetib borganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi