Eron qizil chiziqni bosib o‘tdi – Isroil Kats

Olam

image

Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats Eron haddidan oshib ketgani va tinch aholi bor hududga raketa zarbasi yo‘llaganini aytdi. Vazirning bu haqdagi so‘zlarini Ynet keltirdi.

Mudofaa vaziri Eronning qilgan ishlari uchun katta tovon to‘lashini iddao qilgan.

“Eron qizil chiziqlarni bosib o‘tdi, u Isroilning tinch aholi punktlariga raketalar uchirishga jur’at etdi. Biz Isroil fuqarolarini himoya qilishda davom etamiz va Eron rejimi o‘z jinoyatkor harakatlari uchun juda katta to‘lov to‘lashini ta’minlaymiz”, degan Kats.

Tibbiyot xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, Eronning Isroilga yo‘llagan javob zarbasida 17 kishi jabrlangan, ulardan biri o‘rtacha og‘ir ahvolda.

Eron uch to‘lqinli raketa zarbalarini amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Isroilga qarshi o‘z javob zarbalarini yo‘llagandi. Isroil o‘z aholisidan zarba berilgan joylarning manzili va tasvirlarini nashr etmaslik va tarqatmaslik zarurligini so‘ragan. Qolaversa, Eron raketalari Isroilning havo mudofaa tizimi – “Temir gumbaz”ni yorib o‘tishga ham muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Kats

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing