Eron qamoqxonasidagi yong‘in “sirlari” ochila boshladi

Olam

image

Eronning poytaxti Tehrondagi Evin qamoqxonasida kecha, 15 oktyabr kuni sodir bo‘lgan katta yong‘in haqida qo‘shimcha tafsilotalar ma’lum bo‘la boshladi. Foija  oqibatida mahbuslardan kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan va 61 kishi jarohatlangan, deb yozmoqda CNN.

Davlat OAVlarining xabar berishicha, tunda qamoqxona  palatalaridan birida mahbuslar va xodimlar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan va mahbuslarning omborni yoqib yuborishi katta yong‘inga sabab bo‘lgan.

“Bu yong‘in tikuvchilik sexidagi mahbuslar o‘rtasidagi mushtlashuv natijasida yuzaga kelgan”, dedi Tehron gubernatori Mohsin Mansuriy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “to‘palonchilar” mojaroni yumshatish uchun boshqa mahbuslardan ajratilgan. Birorta mahbus qochib qutulmagan. Hozirda qamoqxonaga tinchlik qaytgan va bu hodisa besh haftadan beri mamlakatni qamrab olgan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq emas. Yong‘in butunlay o‘chirilgani aytilmoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, politsiya Evinga olib boruvchi yo‘llar va avtomagistrallarni to‘sib qo‘ygan va hududdan kamida uchta kuchli portlash ovozi eshitilgan. 

Poytaxt shimolidagi qamoqxona yaqinidagi yirik magistral yo‘llarda tirbandlik kuzatildi va ko‘p odamlar norozilik namoyishlariga birdamlik bildirish uchun signal chalgan. Ma’lum bo‘lishicha, hududda  internet bloklangan.

Bugun 16 oktyabr kuni mahbuslarning oilalari qamoqxona yaqinida yig‘ilib, “zindon” ichidagi yaqinlari haqidagi xabarni kutmoqda, ya’ni ularning sog‘-omonligi haqida qayg‘urmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.

Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.

Amini o‘tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. 

Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.

Eronda uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab misli ko‘rilmagan norozilik to‘lqini kuzatildi, so‘nggi to‘rt hafta ichida kamida 233 namoyishchi halok bo‘ldi.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

223

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing