Eron Isroil-Livan kelishuvini olqishladi

Olam

image

Eron Livan va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini olqishlaydi, lekin ayni paytda Livan xalqi va mamlakatdagi qarshilik kuchlariga har tomonlama yordam berishda davom etadi. Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tegishli bayonotida so‘z boradi.

“Tashqi ishlar vazirligi voizi sionistik rejimning Livanga qarshi tajovuzi tugagani haqidagi xabarni olqishlaydi, lekin Islom Respublikasining hukumat, xalq va Livan qarshiliklarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi pozitsiyasini ta’kidlaydi”, deyiladi bayonotda.

Eron TIVning qayd etishicha, mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash, shuningdek, G‘azo sektoridagi mojaroga barham berish uchun Isroilga bosim o‘tkazish vazifasi mas’uliyati xalqaro hamjamiyat zimmasiga yuklanadi.

Eslatib o‘tamiz, Livan va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi AQSH-Fransiya tashabbusiga ko‘ra bugun, 27 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:00da kuchga kirdi. Isroil va Livandagi “Hizbulloh” tashkiloti o‘rtasidagi kelishuvlarga ko‘ra, Livan kuchlari o‘z hududi ustidan nazoratni 60 kun ichida tiklashni ko‘zda tutadi.

Shundan so‘ng Isroil armiyasi asta-sekin Livan hududidan chiqib ketadi va har ikki tomonning tinch aholisi tez orada o‘z jamoalariga xavfsiz tarzda qaytib, ularni qayta qurishga kirishadi.

Samandar Zulxaynarov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing