Eron ikkita yangi atom elektr stansiyasi qurmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Eron janubidagi Fors ko‘rfazi sohilida joylashgan Busher viloyatida ikkita yangi atom elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Bu haqda bugun, 8 iyun kuni viloyat gubernatori Ahmad Muhammadzodaga tayanib, “Tesnim” agentligi xabar berdi.

“Busher viloyatida har biri 1080 megavatt quvvatga ega ikkita atom elektr stansiyasi qurilishi boshlandi”, degan viloyat rahbari.

Ahmad Muhammadzodaning bildirishicha, ushbu loyiha eronlik muhandis va mutaxassislar tomonidan to‘liq amalga oshirilgan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Busher viloyatida 3000 megavatt quvvatga ega atom elektr stansiyasi mavjud. 1976 yilda nemislar tomonidan boshlangan elektr stansiyasining qurilishi Islom inqilobi va undan keyingi Eron-Iroq urushi tufayli to‘xtatilgan. 1995 yilda Rossiya bilan tuzilgan shartnoma natijasida 2011 yilda 60 megavatt quvvatga ega dastlabki quvvatlar ishga tushirilgan. 2015 yilda inshootlar quvvati 3000 megavattgacha oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron atom elektr stantsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing