Eron BMTdan Sherozdagi teraktni qoralashini kutyapti
Olam
−
27 Oktabr 2022
3741Eron Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashidan mamlakatda kecha, 26 oktyabr kuni sodir etilgan teraktlarni qoralashini kutmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida respublikaning jahon tashkilotidagi doimiy vakili Amida Saida Iravaniy ma’lum qildi.
“Bu tinch aholiga, jumladan, ayollar va bolalarga qarshi jirkanch terror hujumlaridir. Eron terrorizmning barcha turlari va ko‘rinishlarini xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid sifatida qoralaydi. Biz Xavfsizlik Kengashidan bu jirkanch jinoyatni aniq va ishonch bilan qoralashini kutamiz”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 oktyabr kuni noma’lum uch kishi Fors provinsiyasida joylashgan Sheroz shahridagi Choh-Cherax maqbarasida o‘t ochdi. Huquq-tartibot organlari ikki jangarini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi, uchinchisini qidirish ishlari davom etmoqda. Terakt qurbonlari soni 15 nafarga yetgan, 40 kishi jarohatlangan. ISHID terrorchilik guruhi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Terakt munosabati bilan Eron ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy mamlakatdagi tartibsizliklar xavfli yo‘nalishda ketayotganini ta’kidlab, ulardan terroristik harakatlar tomonidan foydalanilayotganini qo‘shimcha qildi.
LiveBarchasi