Eron BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini talab qilmoqda
Olam
−
31 iyul
5156Eron HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishi, shuningdek, Isroilning Bayrutga bergan zarbalari munosabati bilan BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini talab qildi. Bu haqda iyul oyida funksiyalarini Rossiya bajaradigan Xavfsizlik kengashi raisiga yo‘llangan maktubda aytiladi.
“Eron BMT Xavfsizlik Kengashini Isroil rejimining Eron suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qaratilgan ushbu tajovuzkorlik va terrorchilik xurujlarini keskin va so‘zsiz qoralashga, shuningdek, Livan va Suriya Arab Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi so‘nggi paytlarda sodir etilgan tajovuzkorlik harakatlari, Isroilning Eron va Yaqin Sharq mintaqasida amalga oshirilgan agressiyasi va terroristik hujumlariga javob berish maqsadida favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga chaqiradi”, deyiladi maktubda.
Bundan tashqari, Tehron “xalqaro huquqni buzganliklari uchun javobgarlikni ta’minlash maqsadida shoshilinch choralar ko‘rish, jumladan, ehtimoliy sanksiyalar va keyingi tajovuzlarning oldini olishga qaratilgan boshqa choralar” ga chaqirdi.
“Ushbu terrorchi rejim bo‘lib o‘tgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Eron Islom Respublikasi BMT Nizomining 51-moddasida mustahkamlangan o‘zini himoya qilish huquqidan qat’iy va tezkor javob berish uchun foydalanishdan tortinmaydi”, deyiladi maktubda.
Shu bilan birga, Eron hukumati xalqaro huquq va BMT Nizomi tamoyillariga rioya qilish majburiyatini tasdiqladi.
“Biz ishonamizki, mintaqada tinchlik va barqarorlikka ushbu tamoyillarga rioya qilingan taqdirdagina erishish mumkin”, deyiladi maktubda.
LiveBarchasi