Eron AQSHning bor qudratini ko‘radi – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron Qo‘shma Shtatlarga har qanday shaklda hujum qilsa, AQSH Qurolli kuchlarining butun kuch-qudratini ko‘rishini aytdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

“Agar Eron bizga qandaydir shaklda hujum qilsa, AQSH kuchlarining butun qudrati ilgari ko‘rilmagan miqyosda sizga qarshi ishga tushadi”, deya yozgan AQSH rahbari. 

Shuningdek, Tramp AQSHning Isroil tomonidan Eronga qarshi uyushtirilgan so‘nggi hujumlarga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan.

“AQSH bugungi Isroilning Eronga qarshi hujumida ishtirok etmayapti. Biroq biz Eron va Isroil o‘rtasidagi muzokaralarni tezda yakunlab, ushbu qonli mojaroni tugatishimiz mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan Tramp. 

Trampning hujumlarga “AQSHning qo‘li yo‘qligi” haqidagi bayonotini Eron tomoni keskin rad etgan. Unga ko‘ra, Isroil bunday xavfli agressiya va mintaqada urush qo‘zg‘atishga AQSHning hamkorligi, koordinatsiyasi yoki hech bo‘lmaganda ongli roziligisiz qo‘l ura olmasdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Qo‘shma Shtatlar bilan 15 iyun kuniga rejalashtirilgan yadroviy bitim bo‘yicha yangi muzokara raundini o‘tkazish masalasida hali qaror qabul qilgani yo‘qligi haqida xabar berilgandi. So‘ngra, ko‘plab OAVlar Eron AQSH bilan hech qanday muzokara o‘tkazmaslik qaroriga kelgani haqida yozdi, lekin hozircha Tehron bu xabarlarni rasman tasdiqlagani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing